<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 Ayo Rabbim Seni yoʻqlab uzoqlardan izlaganman
 Baʼzan oʻzim bilmay turib tuzoqlardan izlaganman
 Xasdan choʻpdan madad soʻrab tuproqlardan izlaganman
 Oy yulduzga qoʻshiq yoʻllab yiroqlardan izlaganman

[V2]
 Seni uzoqda deb oʻylab tumorlarni sherik etdim
 Oʻlgan ruhlarni yoʻqlab arvohlarga sheʼrlar bitdim
 Oʻliklar ruhlarin yoʻqlab qabrlarga borib yetdim
 Sendek barhayot Dahoni // arvohlarga sherik etdim //

[V3]
 Toʻrt devorga boshim urib Seni topmay yigʻlar edim
 Haqiqatingdan yuz burib yana Seni izlar edim
 Olislarga ziyorat deb yoʻldan madad izlar edim
 Koʻchalarga kullar sochib // kuldan madad izlar edim //

[V4]
 Boshim egib tavba qilib yuragimni ochdim Senga
 Oʻtmishimdan yuzing burib sirlaringni ochding menga
 Vanihoyat bir kun kelib meni Oʻzing topib olding
 Yuragimni ochdim Senga yuragimda maʼbad solding

[V5]
 Qurgan maʼbadingga Rabbim kelgin Oʻzing shohlik qilgin
 Qurbon boʻlsin Senga qalbim meni yaqin oʻgʻling bilgin
 Izlaganman armonim deb vujudimda darmonim deb
 Xaloskorim qalqonim deb Seni endi tanib bildim

[V6]
 Ayo Rabbim Seni yoʻqlab uzoqlardan izlaganman
 Baʼzan oʻzim bilmay turib tuzoqlardan izlaganman
 Xasdan choʻpdan soʻrab tuproqlardan izlaganman
 Oy yulduzga qoʻshiq yoʻllab // yiroqlardan izlaganman //</lyrics>
<title>Ayo Rabbim Seni yoʻqlab</title>
<aka>Izlaganman</aka>
</song>